Joriy yilning 28-29 fevral kunlari Jomboy tumanidagi SOF EXPO markazida “World Edu 2024” ta’lim yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yarmarkada universitetimiz qabul va marketing bo‘limi mutasaddilari ham ishtirok etishdi. Ahamiyatlisi, yarmarkada Samarqand viloyatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan barcha oliy ta’lim muasassalari ishtirok etib, unda faoliyati, yo‘nalishi xususida ishtirokchilarga bir qator taqdimotlar o‘tkazdi. Xususan universitetimiz xodimlari ham turizm va madaniy meros sohasida kadrlar tayyorlash, xorijiy oliy ta’lim muasassalari bilan hamkorlik o‘rnatilganligi, imkoniyat va shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berdi.
Yarmarkani viloyat hokimi yordamchisi N.Ibrohimov kirish bilan ochib bugungi kunda yetuk mutaxassislar tayyorlashda oliy ta’lim muasassalarining o‘rni va roli xususida gapirdi. Tadbirda barcha oliy ta’lim muasassalari kelgusi yil qabuli yuzasidan mutaxassisliklar kesimida targ‘ibot ishlarini o‘tkazdi.