Bugun 5-mart kuni universitetimiz faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash va talaba-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatini samarali amalga oshirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida iqtidorli yoshlar ishtirokida “Ledi Turizm” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda universitetimizning barcha bosqichlarida ta’lim olayotgan besh nafar zukko va bilimdon talabalari ishtirok etishdi.
Tanlovning birinchi sharti o‘zini tanishtirish bo‘lib, unda barcha talaba-qizlarimiz o‘qish davomida erishgan muvaffaqiyatlari xususida hakamlar hayatiga va ishtirokchilarga gapirib berdi. Shundan so‘ng tanlov ishtirokchilari test savollariga javob berish, karving va sahna ko‘rinish kabi beshta shart bo‘yicha o‘z iqtidorlarini namoyish qilish bilan birga, xalqimizning milliy qadriyatlari va urf odatlarini turli sahna ko‘rinishlari orqali ko‘rsatib berishdi.
Eng zukko va bilimdon bo‘lgan talaba-qizlarimiz g‘olib deb topildi va “Ledi Turizm” nomiga munosib deb topildi.