Chorshanba, 06 Mart 2024 15:02

Universitetimizning yana bir talabasi IELTS imtihonini imtiyozli ravishda topshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi

Universitetimizning mehmonxona biznesi yo’nalishi 2-bosqich talabasi Ruxshona Erkinova yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar oqilona foydalanib kelayotgan yoshlardan biri hisoblanadi. Ruxshona hozirda NGS&TNC, ichimlik suv va jamiyatni muhofaza qilish bo'yicha masofaviy tajriba o'tkazmoqda.

Ruxshona Erkinova IELTS imtihonida bepul joy olish uchun o‘tkazilgan tanlov jarayonida g‘olib bo‘ldi va ushbu imkoniyatga ega bo‘ldi.

“Ingliz tilidan imtihon topshirish mening bu bahorda amalga oshirishim kerak bo’lgan rejalarimdan edi, chunki bu meni dunyodagi imkoniyatlarga va yaqinda tashkil qilinishi rejalashtirilgan volontyorlar yozgi lageriga munosibligimni oshiradi. Rejalarimning birini amalga oshirishimga yordam bergani uchun ushbu mukofot tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirmoqchiman”,-deydi Ruxshona Erkinova.

O'qilgan 104 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar