Yaqinda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Turizm” kafedrasi o`qituvchisi boshchiligidagi talabalardan iborat delegatsiyasi Buyuk Britaniyaga qilgan tashrifi chog‘ida top universitetlarda talabalarga yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi.
Dastlab universitetimiz o‘qituvchisi va talabalaridan iborat delegatsiya a’zolarini Oxford Brookes PhD studenti Sanjar Jumanazarovning iliq kutib oldi. Sanjar ularga kampus bo‘ylab ekskursiya uyushtirdi va oliygoh faoliyati bilan tanishib ta`lim tizimini ko‘zdan kechirdi. Shundan so‘ng “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Oxford Brookes universiteti o‘rtasidagi potentsial hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan mazmunli suhbatlar o‘tkazildi.
Suhbat jarayonida kelgusida akademik almashinuv dasturlari va qo'shma tadqiqot tashabbuslari xususida so‘z bordi. Bundan tashqari universitetimiz vakillari dunyodagi mashhur Oksford universitetida va Bodleian kutubxonasida ham bo‘lishdi.
Bu kabi amaliy tashriflar nafaqat Oxford Brookes va Oksford universitetlari bilan tanishish balki talabalarimizning ta’lim tajribasini sezilarli darajada ошишига va hamkorlikning yanada yaxshilanishiga muhim omil yaratadi.
Shu o‘rinda delegatsiya a’zolari Sanjar Jumanazarovga samimiy mehmondo'stligi uchun hamda Oxford Brookes va Oxford universiteti mutasaddilariga ularni samimiy kutib olgani uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.