×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Chorshanba, 27 Mart 2024 13:37

Talaba-yoshlar o‘rtasida diniy bag‘rikenglik mavzui yuzasidan davra suhbati tashkil qilindi

Joriy yilning 19-mart kuni universitetimizda “O‘zbekistonda din va davlat munosabatlari, diniy va dunyoviylik uyg‘unligi” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbatida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi  xodimlari, oliygoh tyuterlari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirni universitet Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidova kirish so‘zi bilan ochib, mustaqillik yillarida yurtimizda diniy bag‘rikenglik borasida amalga oshirilgan amaliy ishlar va buning demokratik jamiyatda tutgan o‘rni va roli xususida gapirdi. Davra suhbatida ichki ishlar sohasi vakillari ham so‘zga chiqib yoshlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishida ayrim diniy oqimlarning tarmog‘iga kirib qolish xolatlari yuz berayotganligi shu bois bu borada ogoh bo‘lishi lozimligi xususida o‘z tavsiyalarini berdi. 

O'qilgan 330 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}2321{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar