×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Chorshanba, 27 Mart 2024 15:15

Kitobxonlik oiladan boshlanadi, kitobxon ona-kitobxon bola!

26-mart kuni “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Axborot resurs markazida universitet xotin-qizlar kengashi tomonidan universitetda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun "Kitobxonlik oiladan boshlanadi, kitobxon ona-kitobxon bola" mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirni universitet xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova ochib berdi va yosh kitobxonlarga o‘z tavsiyalarini berdi. Kitobxonlik tadbirida ishtirokchi yosh kitobxonlarni  kitob o‘qishga qiziqtirishni oshirishning turli usullariga e’tibor qaratildi.

Tadbirda axborot resurs markazi xodimlari, Yoshlar bilan ishlash va tadbirlar bo‘limi bosh mutaxassisi, fakultet tyutorlari hamda Yoshlar yetakchisi o‘z farzandlari bilan ishtirok etishdi.

Tadbirda faol ishtirok etgan yosh kitobxonlar kitob va esdalik sobg‘alar bilan taqdirlandi.

O'qilgan 352 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}2323{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar