×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Dushanba, 11 Mart 2024 12:27

Universitetimizda  milliy hamda zamonaviy liboslarni  keng targ‘ib qilish maqsadida “Fashion day” tadbiri o‘tkazildi

Joriy yilning 7-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 26-fevraldagi 15-son bayoni ijrosini ta’minlash va talaba-qizlar o‘rtasida milliy hamda zamonaviy liboslarni keng targ‘ib qilish maqsadida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda oliygohimiz yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi tomonidan tashkil qilingan tadbirda oliygohimiz tyuterlari, “Students Parlament” a’zolari hamda birinchi bosqich talabalari ishtirok etishdi.  Tadbirni oliygohimiz yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidova kirish so‘zi bilan ochib bugungi kunda xalqimizning milliy urf-odatlari va milliy hamda zamonaviy liboslarni  keng targ‘ib qilish muhim vazifalardan biri ekanligi xususida gapirdi. “Fashion day” tadbirida talaba-qizlarimiz o‘zaro jamoalarga bo‘lingan holda milliy kiyimlarda chiqib kelishdi. Shundan so‘ng talaba qizlar tomonidan adras, atlas, beqasam kabi xalqimizning milliy matolaridan tikilgan liboslari hamda o’zida milliylikni aks ettiruvchi urf-odatlarimiz namoyish qilindi va har bir chiqish hakamlar tomonidan baholab borilib, yakunda g‘oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O'qilgan 272 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}2336{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar