Chorshanba, 03 Aprel 2024 12:51

Shinjon iste'dodlarni rivojlantirish guruhining bosh menejeri universitetimizga tashrif buyurdi

29-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Xitoyning Shinjon inson resurslari guruhining bosh menejeri Janob Mo Weygang boshchiligida delegatsiyasi a’zolari tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitetimiz ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, prof Toni Zou kutib oldi.  Dastlab delegatsiya a’zolari universitetning milliy liboslar galereyasi, kutubxonasi, amaliyot o'quv xonalari va BMT Samarqand turizm Akademiyasi hamda universitet qoshidagi Art rezidensiyada yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi. Universitetimiz prorektori Toni Zou va bosh menejer Janob Mo Weygang kelajakdagi hamkorlik bo'yicha muloqot o‘tkazdi.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish o‘rinliki, "Xinjiang Talent Group" 2023-yil oktyabr oyida tashkil etilgan. Bu avtonom viloyat Xalq hukumatining iste'dod siyosatini amalga oshirishni o'z zimmasiga oladigan va butun mintaqada iste'dod sanoatining rivojlanishini muvofiqlashtiradigan bozorga yo'naltirilgan va davlat platformasi hisoblanadi.

O'qilgan 99 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar