Hozirda Qohiradagi Ayn Shams universiteti arxeologiya hamda "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetining tarix va madaniy meros kafedrasi o‘qituvchisi bo‘lib ishlayotgan Muhammad Ahmed Mohamed Mohamed (2023-2024) Britaniya muzeyining ITP granti sazovori bo'ldi. Muhammad Ahmadning grant asosidagi ilmiy tadqiqotining asosiy maqsadi Samarqand shahrida birinchi Bolalar muzeyini ishga tushirish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish loyihasi ustida ish olib borishdan iborat.