Joriy yilning 6-aprel kuni Xiva turizm va madaniy meros texnikumi talabalarining Samarqand shahriga sayohati tashkil etildi. Sayohat davomida Amir Temur, Shohizinda maqbaralari, Ulug'bek rasadxonasi, Bibixonim masjid majmuasi va Registon maydoni kabi tarixiy obidalarga tashrif buyurib va ularning tarixini yanada chuqurroq o'rgandi.
Ahamiyatlisi, Xiva turizm va madaniy meros texnikumidan Samarqandga kelgan sayohatchilar "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ham bo‘lib, bu yerda ta’lim va tarbiya uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.