Joriy yilning 2-4-aprel kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori, prof. D.Nasimov, Professional ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i J.Xolboyev hamda Moddiy qiymatliklar bo‘yicha yetakchi mutaxassis H.Temirov Xorazm viloyatidagi Xiva turizm va madaniy meros texnikumida bo‘lishdi. Dastlab mutasaddilar ta’lim maskanining moddiy-texnik bazasi va o‘quv amaliyot laboratoriyalari, o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shundan so‘ng texnikum o‘qituvchi va o‘quvchilari bilan yaqindan muloqot o‘tkazdi. Muloqot davomida universitetimiz mutasaddilari va texnikum o‘qituvchilari ta’lim jarayonini yanada yaxshilash, turizm sohasiga malakali mutaxassislar tayyorlashdagi dolzarb masalalarga to‘xtalib o‘tdi.