Joriy yilning 8-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi tomonidan “Xon atlas” festivali o‘tkazildi.
So'nggi yillarda milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida “Xon atlas” festivalini o‘tkazish an’anaga aylandi.
Milliy qadriyatlar, urf-odatlar xalqimizning bebaho boyligi, jamiyatimiz, millatimiz taraqqiyotining asosiy omillaridan biridir. Ajdodlarimizning ma'naviy merosi asl qadriyatlarimizning sarchashmalaridir.