Joriy yilning 8-aprel kuni Xitoyning Baicheng universiteti rektori Che Guangbo boshchiligidagi delegatsiya a’zolari universitetimizga tashrif buyurdi. Ma’lumot uchun Baicheng universiteti Xitoydagi eng nufuzli universitetlar qatoridan o‘rin egallaydi. Hozirda ushbu universitetda 23 ming nafardan ortiq talaba tahsil olmoqda. Universitetimiz ilmiy va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, prof. Toni Zou bir necha bor ushbu universitet rahbariyati bilan onlayn muloqotlar o‘tkazganidan so‘ng ularning oliygohimizga bo‘lgan qiziqishi ortdi. Delegatsiya tarikibida xalqaro aloqalar bo'limi, akademik bo'lim, ilmiy-tadqiqotlar bo'limi rahbarlari va tarix maktabi dekani o‘rin olgan. Dastlab mehmonlarni universitetimiz ilmiy va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Toni Zou kutib oldi. Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari universitetimizning Ma’muriy masalalar bo‘yicha Birinchi prorektori, prof D.Nasimov bilan uchrashib o‘zaro muloqot qilishdi.
Muloqot davomida kelgusida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, akademik almashinuv kabi muhim masalalar muhokama qilinib, rejalar belgilab olindi. Mehmonlar universitetimizdagi Milliy liboslar galeriyasi, rasmlar ko‘rgazmasi hamda kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
During the dialog they discussed such important issues as establishing cooperation in the future, academic exchange, and outlined plans. The guests familiarized themselves with the activities of the National Costume Gallery, the exhibition of paintings and the library of our university.