×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Seshanba, 16 Aprel 2024 11:36

Universitetimizga Germaniya Federativ Respublikasi sotsial-demokratik partiyasining tashqi siyosat masalalari bo'yicha spikeri boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti dunyoning barcha davlatlaridagi nufuzli universitetlari, ilm, fan, turizm sohasidagi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatib kelmoqda.

Bugun 16-aprel kuni universitetimizga Germaniya Federativ Respublikasi sotsial-demokratik partiyasining tashqi siyosat masalalari bo'yicha spikeri Janob Nils Shmid boshchiligidagi delegatsiya a’zolari tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitet Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori D.Nasimov kutib oldi. Dastlab mehmonlarga “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tarixi, buguni va kelajagi xususida to‘liq ma’lumot berilishi bilan birga, ta’lim-tarbiya jarayonida amalga oshirilayotgan ishlar, turizm va madaniy meros sohalariga mutaxassis tayyorlashdagi vazifalar xususida ma’lumot berildi. Ta’kidlash joizki delegatsiya rahbari janob Nils Shmid juda katta qiziqish bilan universitet faoliyati bilan birga turizm sohasidagi yangiliklar, turizm qishloqlariga xorijlik mehmonlarning tashriflari xususida so‘radi. Universitetimiz xalqaro bo‘lim boshlig‘i S.Samariddinov  keyingi yillarda sohadagi amaliy ishlar, Sintop, Tersak kabi turizm qishloqlariga turistlarning qiziqishlari haqida batafsil gapirib berdi.

Shuningdek mehmonlar universitetimizdagi milliy liboslar galeriyasi hamda kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi va o‘z taassurotlari haqida janob Nils Shmid universitetimiz sayti uchun intervyu berdi.

O'qilgan 377 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}2377{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar