Joriy yilning 20-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda qator hamkor tashkilotlar ishtirokida Samarqand shahridagi umumta’lim maktablari bitiruvchilari, abiturientlar uchun “Ta’lim forumi” o‘tkazildi. Tadbirning ochilish marosimida so‘z olganlar bu kabi tadbirlar yoshlarning oliy ta’lim muasassalariga o‘qishga kirishi uchun qulay imkoniyat ekanligi xususida gapirishdi. Ta’lim forumi ko‘rgazma shaklida tashkil qilinib unda nafaqat yurtimizdagi oliy ta’lim muasassalari balki Kanada, Rossiya, Polsha, Yaponiya, Bolgariya kabi davlatlardagi nufuzli universitetlar vakillari o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etishdi. Ta’lim forumida ko‘plab bitiruvchi o‘quvchilar o‘z qiziqishlaridan kelib chiqib mahalliy va xorijdagi oliy ta’lim muasassalari haqida to‘liq ma’lumotlar olishdi.