Ushbu o‘quv yilida universitetimizda 64 nafar xorijlik talabadan 59 nafari magistratura yo‘nalishida, 5 nafari bakalavriatning kunduzgi sirtqi bo‘limlarida tahsil olmoqda.
Xorijlik talabalar bilan universitetimiz rahbariyati doimiy ravishda muloqotlar o‘tkazish orqali ularning muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish hamda taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan. Shu munosabat bilan bugun 23 aprel kuni universitetimiz Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori, professor D.Nasimov bilan oliygohimizda magistratura yo‘nalishida tahsil olayotgan xorijlik talabalar bilan uchrashuvi tashkil qilindi.
Uchrashuvda universitetda amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar xususida ma’lumotlar berildi. Ochiq va samimiy o‘tgan muloqotda xorijlik talabalarning fikrlari, savollari tinglanib zaruriy choralar ko‘rilishi yuzasidan mas’ullarga zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.