×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Dushanba, 29 Aprel 2024 11:16

Qumdagi izlar: Orol dengizi fojeasi dunyoning mohir rassomlari sur’atlarida aks etdi

Iqlim o‘zgarishining ilk salbiy natijalari 1960-yillarda Orol dengizining qurib hududi cho‘lga aylanishidan boshlanganligini ko‘rish mumkin.

 Ekologiya va iqlim o‘zgarishi vaziriligining tashabbusi bilan  joriy yil aprel oyining ikkinchi o‘n kunligida O‘zbekiston, Latviya, Gruziya, Misr, Qozoqiston, Janubiy Koreya va Buyuk Britaniyadan kelgan bir guruh mohir rassomlar Qoraqalpog‘istonda xususan Mo‘ynoqda bo‘lib, ushbu fojeani o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishdi. Ijodkorlar Orol dengizining o‘rnida ko‘rgan barcha kechinmalarini “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi “Art Rezedensiya”ning San’at ustoxonasida kartinalarga tushirdi.

Bu sur’atlar Orol dengizi vayron bo‘lishiga bag‘ishlangan Qumdagi izlar nomli ilk badiiy rezidentlik ko‘rgazmasining tashkil bo‘lishiga zamin yaratdi. Ushbu mohir rassomlar ijod namunalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmaning ochilishi kuni kecha 28-aprel kuni tashkil qilindi. Ko‘rgazmada bir guruh rassomlar bilan birga, viloyat hokimligi mutasaddilari, tashkilotchilar, universitet o‘qituvchi va talabalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar ishtirok etishdi.

Dastlab tadbirda so‘z olganlar Orol dengizi nafaqat bir yurtning balki butun dunyoning muammosi ekanligi, ushbu fojeani rassomlar o‘z asralarida namoyish qilishining ahamiyati xususida gapirishdi. Shundan so‘ng Janubiy Koreyalik rassom Kveon Djeongchan Art Rezendiya binosi hovlisida juda katta hajmda bir paytlar Orol dengizida yashagan akulaning va tiriklik dunyosining sur’atini chizdi.

Shundan so‘ng  7 ta davlatdan kelgan buyuk rassomlarning Orol fojeasiga bag‘ishlangan o‘ttizga yaqin turli janrlardagi ijodiy ishlari ko‘rgazmasi boshlandi.  Ko‘rgazma joriy yilning iyul oyigacha davom etadi.

O'qilgan 346 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}2422{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar