Universitetimizning kunduzgi va sirtqi yo‘nalishda ta’lim olayotgan talabalari dunyoning ko‘plab davlatlarida xususan Turkiyada ham akamedik almashinuv dasturi doirasida ushbu davlatda bo‘lishadi. Yaqinda universitetimizda o‘tkazilgan yig‘ilishda xorijda xususan Turkiya davlatida bo‘lib turgan talabalarimizning xavfsizlik, asosiy xulq-atvor qoidalari va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarning oldini olish bo'yicha tavsiyalar haqida batafsil ma'lumot berildi.
Talabalarga tibbiy sug'urta qilish va amaliyotga ketishdan oldin barcha kerakli hujjatlarni to'plash tavsiya qilindi. Shuningdek, mehmonxonalar vakillarining aloqa ma'lumotlari, favqulodda vaziyatlarda aloqa qilish tartibi tasdiqlangan.
Yig‘ilishda oliygohimiz talabalariga Turkiyada o'zlari bilan birga olib yurishi lozim bo'lgan shaxsiy himoya buyumlari ro'yxati berildi. Bundan tashqari talabalarning sog'lig'ini nazorat qilish rejasi, har qanday o'zgarishlar to'g'risida majburiy xabar berishi xususida aytildi. Yig'ilishda yoshlar bilan ishlash bo'limi boshlig‘i, fakultet dekani va tyuterlar ishtirok etishdi.