Joriy yilning 27-28-aprel kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining bir guruh talabalari O‘zbekistonning boy turizm salohiyati bilan yaqindan tanishish maqsadida, Xiva shahridagi tarixiy obidalarni ziyorat qilishdi.
Sayohat davomida talabalar Xiva shahrining madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan yaqindan tanishishdi.
Universitet tomonidan tashkil etiladigan ommaviy turistik sayohatlar, mamlakatimiz ichki turizmini rivojlantirish bilan birga talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, nazariya bilan amaliyotning uyg‘unligini oshirishga xizmat qiladi.