2024-yil 1-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi hamda universitetning Yoshlar bilan ishlash va tadbirlar bo’limi hamkorlikda universitetimiz olima ayollari hamda talaba-qizlar ishtirokida “Jamiyat rivojida iqtidorli xotin-qizlarning o’rni” mavzusida uchrashuv tashkil qilindi.
Uchrashuvda xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova va Yoshlar bilan ishlash va tadbirlar bo’limi boshlig’i N.Abduvoxidovalar universitetda tahsil olayotgan talaba-qizlarga, davlatimiz tomonidan xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar ularning jamiyatdagi mavqeyini yanada oshirishga xizmat qilayotganligi xususida gapirishdi.
Tadbirda universitetning ilmiy tadqiqotlar bo’limi boshlig’i
N.Mansurova joriy o‘quv yilida universitetimizda ham ko‘plab xotin-qizlardan iborat o‘qituvchilar ilmiy unvonlar olganligi, bu jarayon kelgusida ham yana yuksalib borishi xususida to‘xtaldi.
Uchrashuvda jamiyat rivojida ilm yo‘lidan borayotgan xotin-qizlarning o'rniga bag'ishlangan videorolik namoyish etildi. Tadbirda talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.