×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Seshanba, 04 Iyun 2024 09:37

Turizm kafedrasi professor-o‘qituvchilari Samarqand viloyatining Urgut hamda Samarqand tumanlari turizm salohiyatini o‘rgandi

Turizm kafedrasi professor-o‘qituvchilari O‘Zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-135-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyatining Urgut hamda Samarqand tumanlarining turizm salohiyatini o‘rganish maqsadida tumanda joylashgan turistik obyektlar faoliyati bilan tanishdi. Jumladan, Urgut tumanida joylashgan Teshiktosh, Qoratepa suv ombori, Ming archa dam olish maskani hududdagi xorijlik mehmonlarni o‘ziga jalb qiluvchi turistik manzillar ekanligi aniqlandi.

 Shuningdek, tumanda joylashgan Tersak turizm qishlog‘i yangi rivojlanib borayotgan turizm maskani sifatida mahalliy va xorijiy turistlar tashrif  buyurayotgan navbatdagi manzil ekanligi alohida qayd etildi.

Samarqand tumanida joylashgan Ohalik-Mironqul-Oqbo‘yro hududlarida tashkillashtirilgan dam olish maskanlari mahalliy va xorijiy sayyohlar tomonidan katta qizishga sabab bo’layotgani aniqlandi. Hududda joylashgan dam olish maskanlaridagi sanitar va gigiyena qoidalariga yetarlicha amal qilinmayotganligi xususida ma’sullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Yuqoridagi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida ushbu hududlarda faoliyat olib borayotgan xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlariga kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan mahorat darslari tashkil qilindi.

O'qilgan 237 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}2526{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar