×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Chorshanba, 05 Iyun 2024 10:34

Tarix va madaniy meros kafedrasi o‘qituvchilari Toyloq tumanining turistik salohiyatini oshirish bo‘yicha o‘z takliflarini berdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaning Turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-135 son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Tarix va madaniy meros kafedrasining bir guruh professor-o‘qituvchilari Toyloq tumanida bo‘lib, hududda turizm salohiyatini yanada yaxshilash bo‘yicha qator taklif va tavsiyalarini berishdi.

Ishchi guruhi a’zolari tumanning “Muborak” mahallasida hududida joylashgan Ispandiyortepa tepaligi, “Navbahor” mahallasi hududida joylashgan Ad-Doramiy maqbarasi, “Bog‘ichinor” hududida joylashgan “Xo‘jaguzar” tepaliklarini keng targ‘ib qilgan holda turizm  obe’ktlari ro‘yxatiga qo‘shish va turistlarni jalb qilish xususida o‘z takliflarini berdi. Shuningdek kafedra o‘qituvchilari aholi vakillari bilan suhbatlashgan holda ularning bu xususidagi fikrlari bilan ham o‘rtoqlashdi.   

O'qilgan 369 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}2532{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar