Universitetimizda o‘tkazilgan Ikkinchi "Amerika notiqlik tanlovi" natijalari eʼlon qilindi! “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 1-bosqichida tahsil olayotgan eng iqtidorli 15 nafar talaba zamonamizning dolzarb mavzularida notiqlik bo‘yicha o‘zaro bellashishdi.
Amerikalik hakamlar hay'ati chiqishlarni taqdimot, ravshanlik, mazmun, ishonch va vaqtni boshqarish kabi parametrlar bo'yicha baholab borishdi. Barcha ishtirokchilar o‘z nutqlarining tinglovchiga aniq, ravshan va ta’sirchan yetib borishi uchun harakat qilishdi.
Ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari va sertifikatlar topshirildi. Tanlov natijalariga ko‘ra, quyidagi talabalar sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi:
1. Sevilya Kantakuzina (Guide-123) jahon hamjamiyatining eng dolzarb muammolaridan biri - ayollar huquqlarini ko'tarib, muammoning yechimi sifatida butun dunyoda feminizmni rivojlantirishni taklif qilib, 1-o'rinni egalladi!
2. Asaliya Saidahmedova (Guide-223) 2-o‘rinni egallab, qizlarga ham xuddi o‘g‘il bolalardek mehr bilan munosabatda bo‘lish, ularga birdek imkoniyat berish kerakligi haqidagi ishonarli nutqi bilan barchaning qalbini to‘lqinlantira oldi!
3. Feruza Abdusaidova (Guide-123) qizlarni yoshligidan mustaqil va hurmatli qilib tarbiyalashga ochiq yondashgani uchun 3-o‘rinni egalladi!
G‘oliblar esdalik sovg‘alari (birinchi o‘rin sohibiga power bank, ikkinchi va uchinchi o‘rin sohiblariga quloqchinlar) hamda 1, 2 va 3-o‘rin sohiblari sertifikatlar bilan taqdirlandi.