×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Juma, 14 Iyun 2024 08:34

Biz har xilmiz, lekin birgamiz!

O‘quv yilining oxirgi kunlarida, ya’ni 12-iyun kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi Dildora Turdiyeva tashabbusi bilan talabalar uchun “Biz har xilmiz, lekin birgamiz!” nomli motivatsion treningi tashkil etildi.
Unda universitet o‘qituvchilari va xodimlari ham qatnashib, ijobiy muhitning pozitiv energiyalaridan bahramand bo‘lib, kuch-quvvat olishdi. Tadbirda, ayniqsa, xorijlik magistrlar faol bo‘lishdi. Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan bayramona uchrashuv o‘quv yili davomida toliqqan talabalar uchun ayni muddao bo‘ldi. Jamoaviy ruh, birdamlik, hamjihatlik hislatlarini shakllantirishga yordam beruvchi timbilding o‘yinlari, turli konkurslar, dillarni yayratuvchi raqs va musiqa barcha ishtirokchilarda olam-olam taassurot qoldirdi.
Sharqona odob ziynatlaridan biri sanalmish bir piyola choy ustida qilingan do‘stona suhbatlar jamoada ijobiy muhitning shakllanishiga, xodimlarning jipslashuviga olib kelishi, shubhasiz. Ushbu tadbirning an’anaga aylanib borayotgani va ko‘pchilik tomonidan iliq kutib olingani quvonarli hol.

O'qilgan 346 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}2549{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar