Bugun 27-iyun kuni universitetimizda Xitoy kitoblari markazining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ushbu muhim tadbirning tashkilotchilari "Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, “Jenmin huabao” nashriyoti hisoblanadi. Markaz O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi madaniy aloqalarni chuqurlashtirishga yordam beradigan muhim madaniy markaz sifatida xizmat qilishi belgilangan. Ochilish doirasida 1000 ta kitob taqdim etildi. Shuningdek, ikki mamlakatdan kelgan yoshlar vakillari o'rtasida muloqot o‘tkazilib, unda madaniyat, ta'lim va xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Bu kabi tadbirlar Xitoy va O'zbekiston xalqlari o'rtasidagi o'zaro anglashuv va do'stlikni mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatga ega.