Shanba, 29 Iyun 2024 17:06

Turkiyalik tadqiqotchilarning Yangi O‘zbekistonning tarixi, buguni va kelajagiga qiziqishi ortmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi “Xorijiy davlatlarda O‘zbekiston tarixi va madaniyati, o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganishni keng targ‘ib qilish orqali turistlar oqimini ko‘paytirish hamda mamlakatimiz nufuzini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-19-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti dotsenti, PhD T.I.Sultanov tomonidan Istanbul universitetida “Yangi O‘zbekiston – uning tarixi, buguni va kelajagi” mavzusida taqdimot o‘tkazildi.

Taqdimotda Yangi O‘zbekistonning Buyuk Ipak Yo‘li rivojlanishida tutgan o‘rni, mamlakatimizning boy tarixi, Renessans olimlari, O‘zbekistonda iqtisodiyot, ta’lim, madaniyat, turizm va boshqa sohalarda olib borilayotgan islohotlar, Yangi O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi batafsil ma’lumot berildi. Tadbirda İstanbul universiteti Turkiyot tadqiqotlari instituti direktori, prof. Ayshe Zishan Furat, direktor o‘rinbosari dots. Sait Turkan, Til markazi boshligʻi dots. Mehmet Yalchin Yilmaz, Hozirgi turkiy tillar va adabiyotlar kafedrasi dotsenti Raile Kashgarli hamda universitet doktorant va magistrantlari ishtirok etdi.

Ushbu taqdimot Istanbul universiteti professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilarining Yangi O‘zbekistonning tarixi, buguni va kelajagi haqida boy taassurot qoldirdi.

O'qilgan 363 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar