Shanba, 29 Iyun 2024 18:22

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi tarixiy, madaniy va adabiy aloqalar kuchaymoqda

         O‘zbekiston Respublikasining Xorijiy davlatlarda O‘zbekiston tarixi va madaniyati, o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganishni keng targ‘ib etish ishlarini tashkil qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo ishchi guruh mas’ul kotibi, f.f.d., prof. J.D.Eltazarov tomonidan Turkiya Respublikasi Istanbul universiteti Turkologiya tadqiqotlari institutida “O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi tarixiy, madaniy va adabiy aloqalar” mavzusida taqdimot o‘tkazildi.

Tadbirda Istanbul universiteti Turkiyot tadqiqotlari instituti direktori, prof. Ayshe Zishan Furat, direktor o‘rinbosari dots. Sait Turkan, Til markazi boshligʻi dots. Mehmet Yalchin Yilmaz, Hozirgi turkiy tillar va adabiyotlar kafedrasi dotsenti Raile Kashgarli hamda universitet doktorant va magistrantlari ishtirok etdi.

Taqdimotda O‘zbekiston va Turkiyaning uzoq yillik mushtarak tarixi, madaniy meros va adabiy aloqalar bo‘yicha olib borilayotgan hamkorlik munosabatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, Istanbul universiteti bilan hamkorlikda qisqa intensiv ma’ruzalar tashkil qilish, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, yosh tadqiqotchilarga o‘qish va tadqiqot olib borish imkoniyatini taqdim etish masalalarini muzokara qilish orqali ilmiy-tadqiqot va ta’lim dasturlarini kuchaytirishga kelishib olindi.

Ushbu taqdimot Istanbul universiteti professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilarida boy taassurot qoldirdi.

O'qilgan 467 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar