Joriy yilning 9-avgust kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori D.Nasimov va boshqa mutasaddilar universitetga qarashli DXSH asosida qurilgan Talabalar turar joyining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi, yaratilgan shart-sharoitlarni o'rgandi va mutasaddilarga mavjud muammolarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rish yuzasidan zarur ko'rsatmalar berdi.