Chorshanba, 14 Avgust 2024 14:41

Vengriyada bo‘lib o‘tayotgan 9-Hun-Turk Qurultoyida universitetimiz professori faol ishtirok etmoqda

Joriy yilning 9-12 avgust kunları Vengriya Respublikasining poytaxti Budapesht shahrida va Kechkemet viloyatining tarixiy Bugach tumanidagi bo'z qirlarda 9-Hun-Turk Qurultoyi bo'lib o'tdi.

Dunyodagi 20dan ziyod mamlakatlardan Turkiy va Hun aslli xalqlarning 200dan ortiq olimlari, san'atkorlari va hunarmandlari, fan va madaniyat arboblari ishtirok etgan ushbu Qurultoyda universitetimiz vakili, turkolog-olim, prof. Jo'liboy Eltazarov ham ishtirok etmoqda.

Har ikki yilda Mojor-Turk Jamg'armasi tomonidan Vengriya hukumati shafeligida tashkil etiluvchi bu ilm-fan, madaniyat va san'at qurultoyida Hun-Turk Dunyosining dolzarb va joriy muammolari muhokama etiladi hamda qardosh xalqlarning qadimiy madaniyat, san'at, etnografik an'analarini asrab qolish hamda qaytadan jonlantirish bo'yicha amalga oshiriladigan ishlar belgilab olinadi.

Universitetimiz vakili Qurultoy doirasiada o'tkazilgan ilmiy anjumanda Turkiy Dunyoning geopolitikasi xususidagi o'z qarash va tushunchalarini bayon qildi.

O'qilgan 387 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar