Joriy yilning 16-avgust kuni “Ipak yoʻli” xalqaro turizm markazida joylashgan Kongress va EXPO markazlarining rahbari Amirov Azat universitetimizga tashrif buyurdi. Faxriy mehmon bilan uchrashuvni universitetimiz birinchi prorektori D.Nasimov olib bordi. Uchrashuvda tomonlar oʻrtasida kelgusidagi hamkorlik istiqbollari, jumladan, talabalarimizni xalqaro turizm markaziga ishga joylashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Ushbu tashrif o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, talabalarimiz uchun yangi imkoniyatlar hisoblanadi.