Chorshanba, 02 Oktyabr 2024 13:26

“Orientation Week” tadbirlari doirasida universitetimiz xotin-qizlar kengashi faoliyati yaqindan tanishtirildi

“Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Orientation Week” doirasidagi tadbirlarda talaba-qizlar Bir bo’lsak-yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz! degan bosh g’oya ostida xotin-qizlarga berilayotgan imtiyozlar bilan tanishtirildi.

“Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun” shiori ostida joriy yilning 2-oktabr kuni “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova 2024-2025 o’quv yilining boshlanishi munosabati bilan barcha xotin-qizlardan iborat  professor-o’qituvchilar, xodimalar va talaba-qizlarni qutlaydi.

Uchrashuvda talaba-qizlarga kengash a’zolari, kengash faoliyati (strukturasi) bilan  va uning qoshida tashkil etilgan Qizlarjon, Lider qizlar klublarining maqsadi va vazifalari tanishtirildi. Shundan so’ng kengash raisi M. Abbasova   yig‘ilish ishtirokchilarini “Xotin-qizlar va bolalar huquqlarining qonuniy kafolatlari” va “Xotin-qizlarga nisbatan taziyq va zo’ravonlikni oldini olish” mavzularida ma’ruza qildi. Ma’ruzada  “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Shuningdek uchrashuvda yurtimizda xotin-qizlarning haq-huquqlari qonuniy manfaatlari himoyada ekanligi aytildi.

O'qilgan 109 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar