Dushanba, 07 Oktyabr 2024 10:58

QUARTZ loyihasi universitet Senatida taqdimot qilindi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining navbatdagi Senat yig‘ilishida loyiha koordinatori Sardorbek Samariddinov Senat a’zolariga ERASMUS+ dasturining QUARTZ – “Quality Assurance for Reform and Transformation of HEIs in Uzbekistan” (O‘zbekistonda Oliy ta’lim muassasalarini isloh qilish va o‘zgartirish, sifatini ta’minlash) loyihasining mazmuni va mohiyatini ifodalovchi taqdimotni namoyish qildi.

Taqdimotda loyihaning vazifalari, loyiha hamkorlari, loyihaning veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlaridagi havolalari haqida ma’lumotlar berildi hamda Senat a’zolaridan o‘zlari boshqarayotgan bo‘limlarning xodimlari, shuningdek kafedralarning professor-o‘qituvchilari va xodimlari hamda universitet huzuridagi tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan barcha xodimlarni loyihaning ijtimoiy tarmoqlariga a’zo bo‘lishini va loyihada ishtirok etayotgan universitet jamoasini qo‘llab-quvvatlashlarini so‘radi. Shuningdek, loyihaning amal qilish muddati davomida amalga oshiriladigan tadqiqotlarda ham Senat a’zolarining faol ishtirok etishlarini so‘radi.

QUARTZ loyihasi Senat a’zolarida katta qiziqish uyg‘otdi. Shu sababli Senat spikeri ham so‘zga chiqib, Senat a’zolarini mazkur loyihani qo‘llab – quvvatlashga, loyihani yanada ommalashtirishga va loyihaning faoliyati davomida o‘tkaziladigan barcha tadbirlarida faol bo‘lishga chaqirdi.

           

O'qilgan 300 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar