Chorshanba, 09 Oktyabr 2024 10:25

Universitetimizda “Milliy liboslar kuni” aksiyasi o‘tkazildi

2024-yilning 8-oktabr kuni “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida O’zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosarining  mamlakatimizda 11-oktabr – Xalqaro qizlar kunini munosib nishonlash bo’yicha o’tkazgan yig’ilish bayoni asosida “Milliy liboslar kuni” aksiyasi tashkil etildi.

Shu kuni universitetimizning barcha professor-o‘qituvchi hamda xodimlari ko‘tarinki kayfiyatda milliyligimizni targ‘ib qiluvchi milliy liboslarda mehnat faoliyatini boshlashdi.

Ushbu aksiya ko‘zlangan maqsad xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviy qadriyatlari va merosini asrab-avaylash hamda keng targ‘ib yetishdan iborat.

Aksiya davomida universitetimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy professor-o‘qituvchilar milliy liboslarimizni ko‘rib xayratlarini yashirishmadi.

O'qilgan 209 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar