Chorshanba, 09 Oktyabr 2024 10:46

Universitetimiz xotin-qizlari barcha jabhada faol

Bugun 9-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “11-oktabr-Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan oliygohimiz xotin-qizlar kengashi tomonidan unversitetda tahsil olayotgan talaba-qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

“Sening tashabbusing – sening kelajaging uchun” shiori ostidagi tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z.Raxmanova, O’zbekiston Yozuvchilar va jurnalistlar uyushmasi a’zosi B.Turdiboyeva hamda viloyatimizning nufuzli oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar maslahat kengashi raislari, bir guruh olimalar ishtirok etishdi. Dastlab sana munosabati bilan universitet xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Abbasova va boshqalar barchani ushbu bayram bilan qutladi.

Bayram munosabati bilan viloyat hokimi o‘rinbosari Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z.Raxmanova universitet xotin-qizlar kengashi qoshidagi “Qizlarjon va Lider qizlar” klubining bir guruh iqtidorli talaba-qizlarini  hamda ilmiy izlanish olib borayotgan xotin-qizlarning bir guruhiga viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasining tashakkurnomalarini topshirdi.

O'qilgan 239 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar