Payshanba, 10 Oktyabr 2024 16:35

SHHT Iqtisodiyot va savdo akademiyasi hamda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o‘tasida imzolangan xalqaro hamkorlik memorandumiga asosan xorijlik ilmiy izlanuvchilar universitet Oliy ta’limdan keying ta’lim institutlariga mustaqil izlanuvchilik (PhD) doktorlik dasturiga o‘qishga qabul qilindi

2024-yil 28-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida muhim akademik tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir doirasida Xitoy-SHHT Iqtisodiyot va Savdo Akademiyasi magistratura bosqichini tamomlagan bitiruvchilar doktorlik darajasiga (PhD) kirish imtihonlarini topshirdilar. Mazkur imtihonlar universitet tomonidan tuzilgan maxsus komissiya a’zolari tomonidan yuqori darajada nazorat qilindi va baholandi.

Komissiya tarkibi ilm-fan va ta’lim sohasida yuksak mavqega ega bo‘lgan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va boshqa nufuzli muassasalar vakillaridan iborat bo‘ldi. Jumladan, komissiya tarkibiga “Ipak yo‘li” Turizm va madaniy meros xalqaro universitetining ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori, fan doktori (DSc), professor Nasimov Dilmurod Abdulloyevich, “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqotlar instituti direktori, fan doktori (DSc), professor Yusupova Mavlyuda Alimjanovna, Pekin xalqaro tadqiqotlar universiteti turizm maktabi dekani Li Pengbo, UNESCO kafedrasi mudiri, fan doktori (DSc), professor Safarov Bahodirxon, Samarqand iqtisodiyot va xizmatlar instituti, Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Aslanova Dilbar Xasanovna, “Ipak yo‘li” Turizm va Madaniy Meros Xalqaro Universitetining Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, fan doktori (DSc), professor Tong Qian Zou hamda Akademik ishlari bo‘yicha prorektor, Fan doktori (DSc), professor Joseph Hoffman kiradi.

Ushbu imtihon jarayonida jami 17 nafar nomzod o‘z bilim va ilmiy salohiyatlarini namoyish etdi. Ulardan 15 nafari muvaffaqiyatli tarzda imtihonlardan o‘tib, universitetning PhD dasturiga qabul qilindi. Bu esa nomzodlarning yuqori ilmiy tayyorgarlik darajasini ko‘rsatib, institut va universitet o‘rtasidagi hamkorlik samaradorligini yanada mustahkamlaydi.

Ushbu tadbir Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi ilmiy-akademik va madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashinuvini kuchaytirishga qaratilgan. Universitet doktorlik dasturiga xorijlik talabalarni jalb qilish orqali xalqaro ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda.

Mazkur tadbirning muvaffaqiyatli o‘tkazilishi universitetning xalqaro miqyosdagi obro‘sini oshirish bilan bir qatorda, mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim rivojiga ham hissa qo‘shadi.

Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida ilmiy va amaliy hamkorlikni davom ettirish, o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha qo‘shimcha kelishuvlar amalga oshirildi. Bu kelishuvlar universitetning xalqaro ta’lim tizimidagi integratsiyasini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

O'qilgan 150 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar