Juma, 11 Oktyabr 2024 10:29

Turizm kafedrasi tomonidan tashkil qilingan stipendiya g’oliblariga birinchi stipendiyalar topshirildi!

Turizm kafedrasi tomonidan tashkil qilingan stependiya sovrindorlari bo‘lgan talabalar uchun juda muhim kun. Stependiya sohibi bo‘lgan talabalarga  kafedraning birinchi stependiyalari topshirildi.  Ushbu stipendiyalar, nafaqat moliyaviy yordam, balki ular ko‘rsatgan mehnat, iste’dod va fidoyilikning rag‘bati hisoblanadi.

Stipendiya sohiblari Marjona Ravshankulova, Shahrizoda Sirojiddinova va Mirjalol Ochilovlar bo‘lib ular o‘zlarining akademik yutuqlari va turizm sohasidagi innovatsion fikrlashlari bilan ajralib turishadi. Bundan tashqari ushbu talabalar o‘zlarining ijodiy g‘oyalari va intilishlari bilan boshqa talabalarga ham ilhom bag‘ishlamoqda.

Turizm kafedrasi tomonidan tashkil qilingan stependiya sohiblarini muborakbod etamiz.

O'qilgan 104 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar