2024-yil 24-oktabr kuni Janubiy Koreyaning Gangneung-Wonju Milliy Universitetining xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i va xodimlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi. Uchrashuv davomida ikki universitet o‘rtasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Mehmonlar universitetning o‘quv jarayonlari va imkoniyatlari bilan tanishdilar, shuningdek, universitet kampusi hamda Samarqand turizm akademiyasi bo‘ylab sayohat qilishdi. Bu tashrif ikki universitet o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va yangi loyihalarni amalga oshirishga asos bo‘lib xizmat qiladi.