Zhejiang Moliya va Iqtisodiyot Universiteti taklifiga binoan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti vakillari universitetning 50 yillik yubiley bayrami va tadbir doirasida tashkil etilgan “Markaziy Osiyo iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqot forum”ida ishtirok etishdi. Mazkur tadbirda Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy va akademik aloqalarni o‘rganuvchi olimlar va ekspertlar ham qatnashdi.
Forum doirasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va Zhejiang Moliya va Iqtisodiyot Universiteti o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi va bu kelajakdagi hamkorlik uchun yangi imkoniyatlarni yaratadi.