O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining nazorat rejasi 3-bandida Oliy va o‘rta-maxsus, professional, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli yozuvchi va shoirlar, olimlar ishtirokida Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligiga bag‘ishlangan uchrashuv va adabiy kechalar uyushtirish vazifasi belgilangan.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 29-oktabr sanasida “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 1-bosqich talabalari ishtirokida atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligiga bag’ishlangan adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.
Tadbirda so‘z olganlar Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi mamlakatimizda keng nishonlanayotganligi, shoirning tug’ilgan sanasini nishonlash YUNESKO xalqaro tashkilotining dasturiga kiritilganligi xususida gapirdi.