Chorshanba, 30 Oktyabr 2024 15:08

To‘siqlarni yengib, maqsadga erishishni o‘rganamiz.

Joriy yilning 30-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi Dildora Turdiyeva “Tarjima nazariyasi” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 1-bosqich 324-guruh talabalari uchun “To‘siqlarni yengib, maqsadga erishishni o‘rganamiz!” mavzusida motivatsion trening o‘tkazdi. Unga guruh tyutori Pirnazar Islomov ham taklif etildi.

Hayotining yangi bosqichiga qadam qo‘ygan yigit-qizlar oldida turgan vazifalar, maqsadlar, orzu-istaklar bisyor, albatta. Xo‘sh, maqsadga erishish uchun nima qilish kerak? Avvalambor, o‘z kuchiga ishonish, intilish, sobitqadam bo‘lmoqlik lozim. Bu tadbir davomida o‘yin shaklida tashkil etilgan amaliyotda sinab ko‘rildi. Talabalar maqsadga erishish yo‘lida to‘siqlarni qay yo‘sinda yengish kerakligini o‘z xatti-harakatlari misolida namoyish etishdi.

“Buzuq telefon” o‘yini esa Internet tarmog‘ida tarqalayotgan har qanday ma’lumotni asl holicha qabul qilmaslik, axborot xujumiga bo‘lgan immunitetni oshirishga ko‘mak beruvchi ajoyib amaliyot bo‘ldi. Ijobiy muhit, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan psixologik trening ishtirokchilarga zo‘r motivatsiya berib, pozitiv emotsiyalar taqdim etdi.

O'qilgan 324 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar