Juma, 01 Noyabr 2024 12:43

Doktorantlar uchun ilmiy izlanishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha muhim seminar tashkil qilindi

2024-yil 31-oktabr kuni soat 16:00 da “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining 108-xonasida dissertatsiya mavzularini OAK talablari asosida rasmiylashtirish va ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitetimiz ilmiy bo‘limi xodimlari, mahalliy va xorijlik doktorantlar onlayn va oflayn tarzda ishtirok etishdi. 

Seminarda universitetimiz ilmiy kengashi raisi, prof. Bahodirxon Safarov ma'ruzachi sifatida ishtirok etib, ilmiy izlanishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha o‘z bilim va tajribalarini tinglovchilar bilan bo‘lishdi.

Tadbir qatnashchilari seminar davomida dissertatsiya ishlari va ilmiy tadqiqotlarga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha muhim ma'lumotlarga ega bo‘ldilar.

O'qilgan 271 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar