Dushanba, 04 Noyabr 2024 11:13

Universitetimiz Xitoyning Xebey provinsiyasidagi universitetlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi

Joriy yilning 2-noyabr kuni universitetimizga Xitoyning Xebey provinsiyasi siyosiy maslahat kengashi raisi o‘rinbosari Gao Chjili boshchiligidagi delegatsiya a’zolari tashrif buyurdi.
Dastlab mehmonlar universitetimiz kampusida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda milliy kiyimlar galeriyasi bilan yaqindan tanishdi. Shundan so‘ng tadbirning asosiy qismi Xebey provinsiyasi delegatsiyasi a’zolari bilan ikki tomonlama muloqot o‘tkazildi. Muloqot davomida universitetimizda turizm va madaniy meros sohalarida mutaxassis tayyorlash uchun yaratilgan imkoniyatlar, moddiy-texnik baza haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shundan so‘ng Xebey provinsiyasi imkoniyatlari, ta’lim olish borasida universitetlar faoliyati, turizm kabi muhim yo‘nalishlar xususida provinsyaning siyosiy maslahat kengashi administratsiyasi kotibi, sinxuandao shahri siyosiy maslahat kengashi raisi, Xebey provinsiyasi madaniyat va turizm departamenti direktori o‘rinbosari kabi muhim mutasaddilarning taqdimotlar o‘tkazishdi.
Ikki tomonlama muloqot davomida Xebey provinsiyasidagi universitetlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, akademik talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish kabi muhokama qilindi.
Shuningdek o‘zaro muloqotda ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand va Xebey provinsiyasi o‘rtasida turizm sohasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalasida fikrlar bildirildi. Shuningdek mehmonlar Turizm akademiyasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

O'qilgan 283 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar