Seshanba, 05 Noyabr 2024 14:42

Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi

Bugun 5-noyabr kuni universitetimiz faollar zalida “Avlodlarga munosib avlod bo‘laylik” mavzuida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbari Sohibnazar Boymurodov, viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi mutaxassisi Ismat Juliev, universitetimiz rektori maslahatchisi Sanjar Qulmurodov, Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i Nargiza Abduvohidova hamda  birinchi bosqich talabalari ishtirok etishdi. 

Ma’lumki, bugungi kunda ayrim yoshlarimizning bilib, bilmay xar xil diniy oqimlarga qo‘shilib holatlari yuz bermoqda. Avvalo ota-ona tarbiyasidagi bo‘shliqlar, ijtimoiy tarmoqlardan noto‘g‘ri yo‘lda foydalanish, ayrim nopok kimsalarning xar xil aldovlariga bo‘yin egish kabi holatlar yoshlarimizning yo‘ldan adashishiga sabab bo‘lmoqda.

Targ‘ibot tadbirida bu kabi salbiy holatlar, talaba-yoshlarimizning xar xil diniy oqimlar ta’siriga tushib qolish holatlari yuz berayotganliklari xususida aniq misollar va ma’lumotlar aytib o‘tildi. Bugun yoshlarimiz internet tarmoqlaridan to‘g‘ri foydalangan holda ogoh bo‘lishi lozimligi xususida gapirilib, talaba-yoshlarimizga kiyinish madaniyatiga rioya qilishi xususida ham zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan targ‘ibot tadbirida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.     

O'qilgan 280 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar