Juma, 08 Noyabr 2024 14:34

Nazariyani amaliyotda bajarish talabani malakali mutaxassis bo‘lishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi

Bugun 8-noyabr kuni universitetimiz Madaniy meros kafedrasi dotsenti Odil Boynazarovning muzeyshunoslik fanidan  o‘tilgan nazariy bilimlari magistratura  yo‘nalishi talabalari tomonidan amaliyot ko‘rgazma sifatida namoyish qilindi.

Ko‘rgazmada 17 nafar magistr talabaning har biri yo‘nalishidan kelib chiqib madaniy meros sohasidagi dolzarb mavzularni olib chiqqan. Masalan, xitoylik talabalar ovqat tayyorlash jarayonini namoyish etgan bo‘lsa, rossiyalik talaba Kseniya Vlasova “Oddiy buyumlar yoki hodisalar inson taqdirini o‘zgartirishi mumkin” mavzuida ko‘rgazma tashkil qilgan.  Qoraqalpog‘istonlik talaba esa ota-bola rassomlar Serekievichlarning Orol taqdirini ko‘rsatib beruvchi “Qo‘l bilan tegish mumkin” mavzuidagi rasmlar ko‘rgazmasi bilan ishtirok etdi.

Shuningdek ko‘rgazmada talabalarimiz xalqimizning milliy urf odatlari, to‘ylardagi xar xil odatlar, zargarlik mahsulotlarining ko‘rgazmalarini namoyish qilishdi. Ushbu ko‘rgazma jarayonlari talabalarning magistrlik diplom yozish ishlarida qo‘l kelishi bilan ahamiyatli hisoblanadi.    

O'qilgan 217 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar