Payshanba, 19 Dekabr 2024 11:06

Universitetimiz mas’ullari tomonidan talaba-qizlarning qishki ta’til paytida yashash manzillariga xavfsiz yetib olishlari uchun zarur chora-tadbirlar belgilab olindi

2024-yil 18-dekabr kuni Talabalar turar-joyida yashovchi talaba-qizlarga hammamiz mas’ulmiz shiori ostida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova, universitet inspektori Sh.Qurbonov, psixolog D.Turdiyeva hamda navbatchi tyutop G.Xusainovalar tomonidan talaba-qizlarimizning yashash sharoiti, ularning yong‘in va boshqa texnik xavfsizlik qoidalari talablariga mos kelishi to’liq o’rganildi. Barcha talaba-qizlarni qishki ta’tilga chiqishdan oldin xonalarning gigiyenik holati bo‘yicha zarur tushunchalar berildi.

Universitetimiz Talabalar turar-joyida viloyatlardan kelib tahsil olayotgan talaba-qizlarni, shu jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda nogironligi bo‘lgan, homilador talabalarning qishki ta‘til paytida doimiy yashash manzillariga xavfsiz yetib olishlari nazorat qilinib, kunlik monitoringi olib boriladi. Bu bo‘yicha  tyutorlar hamda tegishli mas’ullar o‘zaro kelishib olishdi.

Shu kunlarda talabalarimiz tez yurar poyezd, samolyot, avtobus hamda yengil avtomashinalarda yashash manzillariga yetib olishlari uchun mas’ul markazlar bilan aloqa o‘rnatilib, chipta band qilishlari uchun yaqindan ko‘mak berish ishlari olib borilmoqda.

O'qilgan 125 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar