Payshanba, 06 Fevral 2025 09:04

Universitetimizda “Biz yoshlar - giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida tadbirlar o‘tkazildi

Bugun 5-fevral sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Biz yoshlar - giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida tadbirlar tashkil etildi.

Jumladan, universitet iqtidorli talabalari ishtirokida mavzu doirasida rasmlar tanlovi tashkil etildi. Undan tashqari universitetda “Giyohvandlikka qarshi kurash oyligi” doirasida “Biz yoshlar - giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Samarqand viloyat IIB tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv boshqarmasi Giyohvandlikka qarshi ko‘rashish bo‘limi xodimlari R.S.Qobilov hamda M.Q.Axmedovlar tomonidan “Giyohvandlik va OITS — asr vabosi” mavzusida universitet talabalariga giyohvandlikka qarshi kurashish, uning salbiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.  

O'qilgan 551 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar