Payshanba, 06 Fevral 2025 16:57

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Malayziyada bo‘lib o‘tgan oliy ta’lim forumi va ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Kuala-Lumpur, Malayziya

"Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan "Birinchi Malayziya – O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari forumi va ko‘rgazmasi"da muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Ushbu nufuzli tadbir Malayziya va O‘zbekiston universitetlari o‘rtasida ilmiy-ta’limiy hamkorlikni mustahkamlash, akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirish hamda ikki davlat ta’lim tizimi o‘rtasidagi tajriba almashinuvini kengaytirish maqsadida tashkil etildi.

Universitetimiz delegatsiyasi forum doirasida Malayziyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan uchrashib, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy loyihalar va talabalarning akademik almashinuvini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Bular jumlasidan,

- Malayziya texnologiya universiteti bilan turizm sanoatini rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish yo‘nalishida hamkorlik;

- Malayzia Sains Islom universitet (USIM) bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi Ipak yo‘li xalqaro taqdiqotlar instituti o‘rtasida O‘zbekistondagi madaniy meros obyektlarini restavratsiya va konservatsiya qilish, yangi o‘rganilayotgan tarixiy bionalarni elektron shakllarini yaratish, modellashtirish va 3D fotosuratlarini yaratish bo‘yicha loyihada hamkorlik qilish;

- Malaya universitetining Biznes va iqtisodiyot fakulteti bilan bakalavr va magistraturada tahsil oluvchi talabalar uchun almashinuv dasturini yo‘lga qo‘yish.

Shuningdek, tashkil etilgan ko‘rgazmada universitetimizning ta’lim dasturlari, xalqaro hamkorlik loyihalari hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar keng namoyish etildi.

Mazkur forum O‘zbekiston va Malayziya ta’lim tizimlari o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, innovatsion ta’lim yondashuvlarini joriy etish va xalqaro ta’lim maydonida yangi strategik sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yishda muhim platforma bo‘ldi.

“Ipak yo‘li” universiteti xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirishda davom etadi!

#IpakYo‘liUniversiteti #MalayziyaO‘zbekistonForumi #XalqaroHamkorlik #HigherEducation

O'qilgan 327 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar