“O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 428-sonli buyrug‘i asosida talaba-yoshlar o‘rtasida tashkil qilingan “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” hamda “Jadidlar: milliylik, o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularidagi insholar tanlovining mintaqaviy bosqichida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Gid-123 guruh, Gid hamrohligi. va tarjimonlik yo‘nalishi 2-bosqich talabasi S.Barisova ishtirok etdi.
Talabamiz o‘z inshosida jadidlarimizning hayot yo‘li, ular tomonidan ilgari surilgan yangi g‘oyalar bayon qilingan. Insholar tanlovida faol ishtirok etgan talabamiz g‘oliblar safida e’tirof qilinishiga tilakdoshmiz.