Juma, 07 Fevral 2025 12:32

Universitetimizda tashrif buyurgan jizzaxlik tadbirkorlar prof. T.Zou bilan muloqot qildi

Joriy yilning 6-fevral kuni  Jizzax viloyati turizm boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Egamberdiev Azizbek Nuridillaevich boshchiligida viloyatda turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun universitetimizda o‘tkazilgan seminar trening doirasida mehmonlar oliygohimiz prorektori, prof. T.Zou bilan uchrashib yaqindan muloqot o‘tkazishdi.

Uchrashuvda prof. T.Zou ham turistik sohada o‘zining ilmiy-amaliy tavsiyalarini berish bilan birga, Xitoy davlatida ham Jizzax viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish, tadbirkorlik subyektlarini xitoylik turistik kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish kabi masalalar muhokama qilindi.

   Universitetimizda o‘tkazilgan seminar-trening darslari va undagi amaliy tavsiyalar, uchrashuvlar, universitet hayoti bilan yaqindan tanishish jizzaxlik tadbirkorlar faoliyatida muhim qadam bo‘lib xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi. 

Seminar trening so‘nggida mehmonlar ushbu seminar-trening darslarini tashkil qilgan tashkilotchilarga va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashgan moderatorlarga o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.

O'qilgan 382 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar