Bugun, 19-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi D.Turdiyeva va tyutor M.Tilavov 1-bosqich Man-124 va IR-224-guruhlarida “O‘zligingni angla” mavzusida psixologik trening tashkil etishdi.
Tadbirda talabalarga konflikt vaziyatlardan chiqish, stressni yengish borasida psixologik tavsiyalar berildi va emotsional so‘nish, zo‘riqishning oldini oluvchi amaliyotlar bajarildi. Shuningdek, maqsadni to‘g‘ri shakllantirish, unga erishish yo‘llari haqida interaktiv tarzda suhbat olib borildi. Talabalar maqsadga erishish yo‘lida to‘siqlarni qay yo‘sinda yengish kerakligini o‘z xatti-harakatlari misolida namoyish etishdi. Ijobiy muhit, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan psixologik trening ishtirokchilarga zo‘r motivatsiya berib, pozitiv emotsiyalar taqdim etdi.